ArzonTop sahifasi

Yordam

ArzonTop bo‘yicha qisqa maqolalar. Javob topilmasa — Telegram’da yozing.

Birinchi ishga tushirish: til va shahar

Birinchi ishga tushirishda tilni — «O‘zbekcha» yoki «Русский» — va shaharni tanlang. Hozir Toshkent va Andijon mavjud, qolgan shaharlar «Tez orada qo‘shamiz» deb belgilangan.

Til va shahar sozlamalarda o‘zgartiriladi: o‘ng yuqori burchakdagi tishli g‘ildirak. Narxlar birinchi marta internet orqali yuklanadi, keyin katalog internetsiz ham ishlaydi.

Mundarijaga
Sozlamalar: til, shahar, bildirishnomalar

Narxlarni solishtirish

Mahsulotni bosing — «Narxlarni solishtirish» ochiladi. Yuqorida turi, hajmi yoki yog‘liligini tanlang, pastda «Shu mahsulotning aniq narxlari», arzoni tepada.

«Boshqa do‘konlardagi o‘xshash variantlar» — aniq mosliklar emas: ta’mi, hajmi yoki tarkibi farq qilishi mumkin. «Arzonroq har l» yoki «har kg» yozuvi birlik narxi bo‘yicha eng foydalisini ko‘rsatadi.

Do‘kon yonidagi «Yetkazish» va «Katalog» tugmalari mahsulotni yetkazib berish xizmatida yoki do‘kon katalogida ochadi.

Mundarijaga
Narxlarni solishtirish: bitta mahsulot oltita do‘konda

Narx tarixi

Narxlar ostida «Narx tarixi» grafigi: eng past, eng yuqori va hozirgi narx. Grafik bir haftalik tarix yig‘ilganda paydo bo‘ladi.

U chegirma haqiqiymi yoki yo‘qligini tushunishga yordam beradi: «eski» narx bir kun turgan bo‘lsa, tejash ko‘ringanidan kamroq.

Mundarijaga
Narx tarixi va litri arzonroq o‘xshash variantlar

Xarid ro‘yxati va foydali savat

Solishtirish ekranida «Ro‘yxatga»ni bosing. Pastdagi «Ro‘yxat» bo‘limida «Do‘konlar bo‘yicha jami»: ro‘yxatingiz har bir do‘konda qancha turishi, yetakchi tepada va «tejash».

Do‘konda hammasi bo‘lmasa, «3 / 4 mahsulot» va shu tovarlar yetakchida qancha turishi ko‘rinadi — chala savat haqiqatdagidan arzon ko‘rinmaydi.

Ro‘yxatni «Ro‘yxatni ulashish» tugmasi bilan yuborish va sotib olinganlarni belgilash mumkin.

Mundarijaga
Xarid ro‘yxati: har bir do‘kon bo‘yicha jami

Sevimlilar va narx tushganda xabar

Solishtirish ekranidagi yulduzcha mahsulotni «Sevimlilar»ga qo‘shadi. U arzonlashganda yonida «arzonlashdi, avval …» belgisi paydo bo‘ladi.

Ilova kuniga bir marta sevimlilarni tekshiradi va bildirishnoma yuboradi. Sozlamalarda «Narx tushganda xabar berish» orqali o‘chirish mumkin. Bildirishnomalar kelmasa, Android sozlamalarida ArzonTop uchun ular yoqilganini tekshiring.

Mundarijaga

Chegirmalar

«Chegirmalar» bo‘limida bo‘limlar va do‘konlar bo‘yicha aksiyalar, bosh ekranda esa «Qaynoq chegirmalar». Kartochkada eski narx va aksiya tugash sanasi ko‘rinadi.

Mundarijaga
Bo‘limlardagi chegirmalar

Narxlarni yangilash va internetsiz ishlash

Narxlar har kuni yangilanadi. Yangilarini yuklash uchun ekranni pastga torting yoki yuqoridagi yangilash tugmasini bosing. Sana ekran pastida: «Narxlar yangilangan».

Internet bo‘lmasa, ilova oxirgi yuklangan narxlarni ko‘rsatadi va ular uzoq vaqt yangilanmagan bo‘lsa ogohlantiradi.

Mundarijaga

Xato haqida xabar berish

Bo‘lim, narx, nom yoki rasm noto‘g‘ri bo‘lsa, solishtirish ekranida «Muammo haqida xabar berish»ni bosing, sababini tanlang va xohlasangiz izoh qo‘shing. Xabar ishlab chiquvchiga boradi; har bir xabar ko‘rib chiqiladi, tuzatilgan holat esa xato qaytmasligi uchun tekshiruvga aylanadi.

Mundarijaga

Ma’lumotlarni o‘chirish

Sevimlilar yulduzcha bilan, ro‘yxat «Hammasini tozalash» tugmasi bilan tozalanadi. Hammasini birdan o‘chirish uchun ilovani o‘chiring yoki Android sozlamalarida uning ma’lumotlarini tozalang.

Serverlarda sizning ma’lumotlaringiz yo‘q. Muammo haqida xabar yuborgan bo‘lsangiz va uni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz — pochtaga yozing.

Mundarijaga
ArzonTop’ni Google Play’dan yuklab olish