Shajara sahifasi

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirish sanasi: 2026-yil 12-oktabr

Daraxt, suratlar va yozuvlar faqat telefonda saqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi. Internet faqat Google Play orqali Shajara Pro sotib olish uchun kerak — to‘lovni Google Play o‘zi amalga oshiradi.

Qisqacha

Shajara ma’lumotlaringizni yig‘maydi va bizga yubormaydi: daraxt, suratlar va yozuvlar faqat telefoningizda saqlanadi. Ilovaning serverlari yo‘q.

Internet ilovaga bitta narsa uchun kerak — Google Play orqali xaridlar (Shajara Pro va dasturchini ixtiyoriy qo‘llab-quvvatlash). To‘lovni Google Play o‘zi amalga oshiradi; ilova undan faqat Pro sotib olinganmi-yo‘qmi, shuni biladi.

Ilova qanday ma’lumot bilan ishlaydi

Quyidagilarning barchasini o‘zingiz kiritasiz va ularning bari qurilmada qoladi:

  • qarindoshlarning ismlari, tug‘ilgan, nikoh va vafot sanalari hamda joylari;
  • siz biriktirgan suratlar, videolar va ovozli yozuvlar;
  • tarjimai hollar va oila hikoyalari;
  • sozlamalaringiz: til, ko‘rinish, bo‘g‘in nomlari, eslatma parametrlari.

Ma’lumotlar qurilmadagi ilovaning shaxsiy katalogida saqlanadi. Boshqa ilovalar unga kira olmaydi.

Ilova nima qilmaydi

  • hisob yaratmaydi va ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi;
  • serverlarga ma’lumot yubormaydi — ilovaning serverlari yo‘q;
  • reklama ko‘rsatmaydi;
  • hech qanday tahlil va kuzatuv tizimidan foydalanmaydi;
  • qurilma va reklama identifikatorlarini yig‘maydi;
  • joylashuvni aniqlamaydi.

Ruxsatlar va ular nima uchun kerak

RuxsatNima uchun
Mikrofon (RECORD_AUDIO)Qarindoshning hikoyasini yozib, uning sahifasiga biriktirish uchun. Yozuv faqat «Ovoz yozish» tugmasi bosilganda boshlanadi va qurilmada saqlanadi.
Kamera va suratlarga kirishPortret yoki oilaviy surat qo‘shish uchun. Tanlash tizim oynasi orqali bo‘ladi; ilova faqat siz tanlagan faylni oladi.
Bildirishnomalar (POST_NOTIFICATIONS)Tug‘ilgan kun eslatmalari. Qurilmaning o‘zida tayyorlanadi. Odatda o‘chirilgan.
Qayta yuklashdan keyin ishga tushish (RECEIVE_BOOT_COMPLETED)Telefon o‘chib yonganidan keyin rejalashtirilgan eslatmalarni tiklash uchun.
Taqvim (READ_CALENDAR, WRITE_CALENDAR)Xohlasangiz, tug‘ilgan kunlarni telefondagi tanlangan taqvimga yozish uchun. Alohida tugma bilan yoqiladi.
Internet va xaridlar (INTERNET, com.android.vending.BILLING)Google Play orqali Shajara Pro va xayriyalarni sotib olish uchun. Daraxt ma’lumotlari yuborilmaydi.

Barcha ruxsatlar ixtiyoriy. Rad etsangiz, tegishli funksiya ishlamaydi, qolgan hammasi ishlashda davom etadi.

Ma’lumot qurilmadan qachon chiqadi

Faqat siz xohlaganingizda va faqat siz ko‘rsatgan joyga:

  • PDF eksporti (plakat, «Sulola» varaqasi, oila kitobi) — faylni qayerga yuborishni tizim menyusi orqali o‘zingiz tanlaysiz.
  • .shajara fayli — qarindoshlarga uzatish uchun zaxira nusxa. Siz kiritgan ma’lumotlar va biriktirilgan suratlarni o‘z ichiga oladi.
  • Avtosaqlash (Shajara Pro) — daraxt nusxasi o‘zingiz tanlagan faylga yoziladi: telefonda, xotira kartasida yoki bulutda (masalan, Google Disk). Bulutdagi faylni o‘sha bulutning ilovasi yuklaydi.
  • Taqvim — tug‘ilgan kunlarni taqvimga yozishni yoqsangiz, ism va tug‘ilgan sana tanlangan taqvimga tushadi. Bu Google taqvimi bo‘lsa, uni Google sinxronlaydi va xohlasangiz pochtaga eslatma yuboradi.
  • Tarjima xatosi haqida xabar — pochta ilovangiz tayyor xat bilan ochiladi; matnini ko‘rasiz va yuborish-yubormaslikni o‘zingiz hal qilasiz.
  • Xaridlar — Google Play orqali o‘tadi va Google maxfiylik siyosatiga bo‘ysunadi. Ilova to‘lov ma’lumotlaringizni olmaydi.

Faylni messenjer, pochta yoki bulut xizmatiga bergandan keyin unga shu xizmatning qoidalari amal qiladi, bu siyosat emas.

Ma’lumotni o‘chirish

  • Alohida odam, surat, yozuv yoki hikoya ilovada o‘chiriladi.
  • «Sozlamalar → Ma’lumotlar → Hamma narsani o‘chirish» butun daraxtni va biriktirilgan fayllarni o‘chiradi.
  • Ilovani telefondan o‘chirish uning barcha ma’lumotlarini ham o‘chiradi.

Bizda ma’lumotingiz yo‘qligi sababli, o‘chirish so‘rovini yuboradigan joy ham yo‘q — hammasi qurilmangizda bajariladi.

Brauzer versiyasi (shajara.isokov.uz)

Shajara’ning brauzer uchun versiyasi bor. U ilova kabi ishlaydi:

  • daraxt, suratlar va sozlamalar shu qurilmadagi brauzeringiz ma’lumotlar bazasida (IndexedDB) saqlanadi va serverga yuborilmaydi;
  • ro‘yxatdan o‘tish, reklama, analitika va cookie yo‘q;
  • brauzer versiyasida ovoz va video hozircha yozilmaydi va saqlanmaydi;
  • har qanday sayt kabi xosting so‘rovning IP-manzili va texnik ma’lumotlarini ko‘radi — sahifani yetkazish uchun, kuzatish uchun emas.

Brauzer ma’lumotlarini tozalasangiz yoki saytni inkognito rejimida ochsangiz, daraxt o‘chib ketadi. .shajara faylini muntazam saqlab boring («Chiqarish va ulashish» → «Zaxira nusxa»): uni boshqa brauzerda va Android ilovasida ochish mumkin.

isokov.uz/shajara saytidagi reklama

isokov.uz/shajara sahifalarida (ilova tavsifi va yordam) Google AdSense reklamasi ko‘rsatiladi. Android ilovasining o‘zida va shajara.isokov.uz brauzer versiyasida reklama yo‘q, reklama skriptlari u yerga yuklanmaydi.

Yevropa iqtisodiy hududi, Buyuk Britaniya va Shveytsariyadan kelgan tashrifchilarga Google avval cookie uchun rozilik so‘rovini ko‘rsatadi.

Bolalar

Ilova bolalar uchun maxsus mo‘ljallanmagan va ular haqida ma’lumot yig‘maydi. Nasab daraxtida oilaning yosh a’zolari haqidagi ma’lumot bo‘lishi mumkin — uni o‘zingiz kiritasiz va o‘z qurilmangizda saqlaysiz.

O‘zgarishlar

Agar ilova bu yerda tasvirlanmagan biror ishni qila boshlasa, bu siyosat shu versiya chiqishidan oldin yangilanadi va kuchga kirish sanasi o‘zgaradi.

Aloqa

Ushbu siyosat bo‘yicha savollar: Isokov.Said@yandex.com.

Shajarani Google Play’dan yuklab olish